Taxoratmi yoki g‘usl
Assalomu alaykum! Ayol kishini erkalaganda undan suv keladi, shunday vaziyatlar taxorat buziladimi yoki g‘usul vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratni buzadi. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Ajralib chiqayotganda otilib, shahvat bilan keladigan maniyni tushirish.
Avvalo ushbu bobda tez-tez takrorlanib turadigan ba’zi istilohlarni o‘rganib olaylik.
«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
«Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik.
Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q.
Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi.
Ammo maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina, g‘usl vojib bo‘ladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganida ho‘llikni ko‘rib, maniy deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Ulamolarimiz maniydan g‘usl qilish vojib bo‘lishiga quyidagi rivoyatni dalil qiladilar:عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنْتُ رَجُلًا مَذَّاءً، فَسَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: فِي الْمَذْيِ الْوُضُوءُ، وَفِي الْمَنِيِّ الْغُسْلُ. رَوَاهُ أَحْمَدُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ko‘p maziylik kishi edim. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan edim, ul zot:
«Maziyda tahorat, maniyda g‘usl», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 164 | Ayollarga oid masalalar