Engi kalta kiyim

Assalomu alaykum! Bilamizki, er kishining kindikdan tizzaga qadar bo‘lgan tana qismi avrat hisoblanadi. Issiq kunlarda esa, odatda futbolka yoki engi kalta ko‘ylak kiyiladi va shu holatda (ya’ni engi uzun bo‘lmagan kiyim bilan) namoz o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Engi kalta kiyimda namoz o‘qish makruh emas. Bor engini ishga tayyorgarlik ko‘rayotgandagi holatga o‘xshab shimarib o‘qish makruh. Fiqhiy kitoblarning birortasida engi kalta ko‘lakdagi namozning zikr kelmagan. Lekin taqvo yuzasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek engi uzun ko‘laklarda o‘qishi afzal. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kiygan ko‘ylaklarini sifatlagan sahobalar: “U zotning ko‘laklarining englari kaftlarining bo‘g‘imigacha bo‘lgan” deganlar. Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, yozning kunlarida yosh yigitlar beli(gohida undan pastrog‘i ham) ochilib qolayotgani yaxshi emas. U holatda namozi buzilib qolishi ham mumkin. Umid bilan namoz o‘qisayu, qiyomat kuni nomai a’molida namozning savobi bo‘lmasa, zimmasidan farz soqit bo‘lmasa undan ham yomoni bo‘ladimi? Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar