Junub insonning har bir olgan nafasi harommi?

Assalomu alaykum! Bir tanishim junub insonning har bir olgan nafasi va har bir qilgan ishi harom dedi. U tanishim ham namozxon edi. Shunda o‘ylanib qoldim: ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilib, zino qilib yoki tushida ehtilom bo‘lib junub bo‘lishni farqi bormikan deb. Ustozlar o‘zi shunday gap dinda bormi? Junublik ham turlicha bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Junublik hukmiy najosat hisoblanib, inson tezroq undan poklanib olishi kerak. Bir hadisda it, surat bor uyga farishta kirmasligi bilan bir qatorda junub bor uyga ham kirmaydi deyilgan. Lekin tanishingiz aytganidek har olgan nafasi va ishi harom emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar