Ijara uy

Assalomu alaykumMen ijarada uyda yashayman. Uy egasi (qariya ayol) men yashayotgan uyga ko‘chib o‘tmoqchi (shunisi u kishiga qulay bo‘lsa kerak). Menga esa o‘zi yashab turgan uyni taklif qilyapti. Uy egasi xristian diniga amal qiladi. Yaqinda nevarasining alahsirashidan najot topish maqsadida cherkovdan xodimni chaqirib uyda qanaqadir marosim o‘tkazgan ekan. Cherkov xodimi uyning u er bu eriga xoch (krest) tasvirini chizib ketgan emish. O‘zim ko‘rmadim. Uy egasidan eshitganman. Men u uyga ba‘zi shartlar asosida (xochlarni berkitib, yopib qo‘yish kabi) ko‘chib o‘tsam bo‘ladimi? Yoki boshqa uy qidirganim ma‘qulmi?Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xoch va boshqa dinga bog‘liq narsalarni yo‘qotish sharti bilan ko‘chib o‘tsangiz bo‘ladi.

4 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 134 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar