5 yil avval telefon topib olgandim
Assalomu alaykum! "Man 5 yil oldin o‘zimizdan boshqa viloyatda telefon topib olgandim. Lekin topib olgan vaqtimdan biroz vaqt hattoki o‘sha vaqtni o‘zida egasi topilganda man egasiga indamadim bermadim nafsimi gapiga kirib. Hozir u telefon urfdan chiqib ancha eskirgan. Telefon egasini tanimayman, bilmayman umuman begona kishi. Qaerda yashashini ham bilmayman. Mana shunday holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Bu ishimdan qattiq afsusdaman."- degan savol bilan sizlarga murojaat qilgan edim. Sizlar egasini topasiz va qanday bo‘lmasin rozi qilasiz deb javob bergan edingiz. Man u kishini umuman tanimayman bilmaymanda. Hech bo‘lmaganda yuzini ham eslayolmiman. U kishi haqida hech qanday ma’lumotim yo‘q. Shunichun boshqa yo‘li bo‘lsa iltimos yordam beringlar judayam qiynalib ketdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borasiz, o‘sha vaqtda telefonning qiymati necha pul bo‘lgan bo‘lsa egasini topib to‘laysiz. Bilmasligingiz yoki topa olmayman deb bahona qilishingiz sizni oxiratdagi azobdan qutqarolmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar