Ko‘z yoshi tahoratni buzishi

Assalomu alaykum! Menda bazan ko‘zim sal og‘riydi, yoshlanganday bo‘ladi. Shunda tahorat ketadimi? Bazida yaxshi og‘riydi, lekin ko‘zimdan yosh chiqmaydi. Ko‘zim yoshlanganday bo‘ladi, oynaga qarasam yosh ko‘rmayman ko‘zdan yosh chiqsa yuzga oqib chiqishi kerakmi?  Ko‘zimning bazan ikki chetidan yosh chiqmaydi, boshqa joyidan chiqanday bo‘ladi. Bu holatda ham tahorat ketadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘z yoshiligi aniq bo‘lsa tahorat ketmaydi. Agar yiringligi aniq bo‘lsa tahorat ketadi. Har namozga tahorat qilish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 190 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar