G‘usl qilish shartmi?

Assalomu alaykum! Yaqinda turmush qurdim. Kattalar turlicha fikr bildirishayapti. Jinsiy munosabatdan so‘ng, kimdir faqat istinjo qilinsa bo‘ldi desa, yana kimdir g‘usl olish kerak deyapti. Mening fikrim, agar har safar jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl oladigan bo‘lsak hozirgi havoda shomollab qolmaymizmi? (biz qishloq joyida hovlida yashaymiz, hammom ham yo‘q, o‘tin yoqib uy isitamiz) Shomollab qolishdan qo‘rqib namozlarimni ham to‘xtatib qo‘ydim. Turmushimizga hali 1 oy ham bo‘lgani yo‘q. Nima qilishga hayronman. Hadeb g‘usl olaverish kerakmi yoki tahorat olsa ham bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinsiy aloqadan keyin g‘usl olish shart. Yashayotgan uyingizni isitsangiz kerak. O‘sha xonada biror pardani orqasiga o‘tib 3 litr suv bilan g‘usl qilib olsangiz bo‘ladi. Shamollash aniq holatda bo‘lsa janobatdan tayammum qilish joiz bo‘ladi. Namozlarni to‘xtatmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 165 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar