Alloh mehribon bo‘lsa nega buvimni o‘ldirdi
Assalomu alaykum! Yoshim 18da. oxirgi payt menda bir savol paydo boldi. men buvim bilan birga katta bolganman xuddi onamday bolganlar. otasiz osganman. nanam esa chet elga ketganlar. mani buvim ham ota ham ona edilar. hayotdagi yagona mano mazmun shu kishi edilar. bilardimki Alloh ham manga rahmi kelib buvimni jonlarini sog saqlab otiribdi deb oylardim. ln afsus bunday emas ekan. 29 iyun buvim qazo qildilar. endi oxirgi paytlar manga hamma narsa barbirday hech narsa kozimga korinmaydi. faqat bitta savol ketmaydi. Agar Alloh mehribon va rahmdil bolsa nega menga bunchalik beshavqatlik qiladi. axir bu dunyodagi eng kerakli narsamni oldiku. endi bosa dindan mani konglim qolyapti to‘g‘risi. bu dunyoga ham u dunyoga ham qiziqmay qoydim. ozimni oldiray desam irodam sust. nima qilishimni bilmay sizlarga yozdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz Allohga shakkoklik qilmang. Dunyoga kelgan har bir inson bir kun dunyodan ketishi aniqligiga nahot farosatingiz etmasa. Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi: كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ وَما الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلاَّ مَتَاعُ الْغُرُورِ 185. Har bir jon o‘limni totuvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to‘lig‘icha olursiz. Kim olovdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa aldov matohidan boshqa narsa emas.
Ushbu oyati karimada ulkan hayotiy haqiqat o‘z ifodasini topgandir:
«Har bir jon o‘limni totuvchidir».
Ya’ni hamma o‘ladi. Bu hayot bir kun kelib, oxiriga etadi. Qari ham o‘ladi, yosh ham o‘ladi. Yaxshi ham o‘ladi, yomon ham o‘ladi. Taqvodor ham o‘ladi, betavfiq ham o‘ladi. Iymon, aqiyda yo‘lida o‘zini fido qilgan ham o‘ladi, o‘zini xor tutib, bandalarga banda bo‘lganlar ham o‘ladi. Gapning qisqasi, hamma o‘ladi. Hech kim bu dunyoga ustun bo‘lmaydi. Har bir inson o‘lim kosasidagi sharobni totib ko‘radi.
Sizni buvingiz kim bo‘libdiki o‘lmasa... Butun dunyoga rahmat bo‘lib kelgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham vafot etishlari haqida vahiy kelgan bo‘lsa.
“Zumar” surasida: إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ 30. Albatta, sen ham o‘luvchisan, ular ham o‘luvchidirlar.
Allohdan boshqa har bir tirik jon o‘ladi. Hamma ham o‘ladi. O‘lmaydigan hech kim yo‘q. Faqat Alloh taoloning O‘zigina qoladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar