Uch taloq berdim chorasi bormi?
Assalomu alaykum! Man xotinimga taloq berdim, keyin ketidan uch taloq dedim. Savolim shu ishni chorasi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsuski to‘rt mazhabning birortasida ham buni chorasi yo‘q. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ تَحِلُّ لَهُ مِن بَعْدُ حَتَّىَ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِن طَلَّقَهَا فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يَتَرَاجَعَا إِن ظَنَّا أَن يُقِيمَا حُدُودَ اللّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 230. So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol toki boshqa erga tegmagunicha unga halol bo‘l¬mas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, ularga gunoh yo‘q. Ana shular Allohning chegaralari bo‘lib, ularni biladigan qavmlarga bayon qilur.
Bu oyati karima avvalgi oyatning davomidir. Avvalgi oyatda «Taloq ikki martadir. So‘ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo‘yib yuborish», – deyilgan edi. Ikki marta taloq qilgandan keyin yarashib, birga yashab, hayot kechirib yurgan kishi:
«So‘ng agar taloq qilsa, bundan keyin u ayol toki boshqa erga tegmagunicha unga halol bo‘lmas».
Ya’ni agar avvalgi ikkita ustiga yana bir bor taloq qilsa, jami uchta bo‘ladi. Uch taloq bo‘lgandan keyin ayol taloq qilgan erkakka halol bo‘lmaydi. Er-xotin bo‘lib yashashlari mumkin emas. Faqat bir yo‘l bor, u ham bo‘lsa, u ayol boshqa erga tegsa-yu, u er bilan er-xotin bo‘lib hayot kechirib yurganda, ikkinchi er vafot etib qolsa yoki taloq qilsa, shundan keyingina yana avvalgi eri bilan qayta turmush qursa bo‘ladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush