Ayolning onasini so‘kish

Assalomu alaykum! Er ayolini onasidan so‘ksa bunda orada taloq tushishi mumkin deb eshitdim. Savolim shuki so‘kish 3 martadan ko‘p bo‘lsa bunda qayta nigoh o‘qitish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xalqimiz ichida “Xey qiztaloq” degan so‘kish bor. Ayni shu so‘kishni kuyov xotinining onasiga ishlatsa xotiniga taloq tushadi. Boshqa holatlarda qaynota yoki qaynonani so‘kish bilan taloq tushmaydi. Ammo bu ishni qilish pastkash odamni ishi hisoblanadi. Garchi qizni ota-onasi shunga loyiq bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar