Muhabbat qozonish

Assalomu alaykum! Erini muhabbatini qozonib, doimo erini qalbida bo‘lishni istagan ayollar uchun dinimizda duolar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bor. Ular dinlarini o‘rganib, shariatga mustahkam amal qilsalar Alloh erining qalbiga ayolining muhabbatini solib qo‘yadi.
Ayollardan biri aytadi.
Uzoq payt Nabiy sollallohu alayhissalomdan vorid bo‘lgan, Ibn Hibbon rivoyat qilgan ushbu: اللَّهُمَّ أَلِّفْ بَيْنَ قُلُوبِنَا، وَأَصْلِحْ ذَاتَ بَيْنِنَا، وَاهْدِنَا سُبُلَ السَّلَامِ "Allohumma allif bayna qulubinaa va aslih zota baynina, vahdinaa subulas salomi" deb zikr qilingan duoni aytib yurdim. Ilgari bu duoga e’tiborsiz bo‘lgan ekanman.
Subhonalloh! Ushbu duoni o‘qib yurish ila uyimda, farzandlarim, erim, ahlim va atrofimdagi barcha insonlar bilan murosada yashab, sokinlik va xotirjamlikni topdim. Sizlar ham ushbu duoni yodlab olinglar.
Uylarimizni va sizlarni uylaringiz ahvolini Alloh isloh qilsin!
Duoning ma’nosi quyidagicha: Allohim! Qalblarimiz orasini ulfat qil, oralarimizdagi munosabatlarni isloh qil va tinch-omonlikka bizni yo‘lla! Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 139 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar