Pul yashirish

Assalomu alaykum! Man davlat ishida ishliman xozir tug‘ruq ta’tilidaman. Ishlab yurgan paytimda oylik maoshimdan ozgina ozgina olib qoganman. Bizada oylikla qaynotaga beriladi. Xozirgi kungacha shu pullarimi ishlatvoman kere bo‘gan paytlada. Qaynotam xich nimaga pul bermidila erlarimizi puliniyam opqo‘yadila. Bu ishim o‘g‘riliga kirib qomidimi? Ikkinchi savolim ko‘p maruzala eshitamande xotinni er oldidigi vazifalari deb rosa gapiriladi eriyam xotin oldidigi vazifasi borku to‘g‘rimi? Qaynotam erlarimizi pulini opqo‘yib o‘g‘illaniyam gunoxkor qivoti dib o‘yliman. Uchta kelin bitta uyda turamiz. Bizani moddiy xich taminlamidi erlarimiz. Keyin bir xillari oyligidan berkitib opqolishga majbur bo‘lishadi. Bollarigayam xich nima oberishomidi. Bizani taminlamagani uchun bizani erlaga gunoxmasmi bunaqa vaziyatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qaynota o‘g‘illarining pulini ham, kelinning pulini olib qo‘yishga haqqi yo‘q. Bu aslida sizning pulingiz, o‘g‘rilikka kirmaydi.2). Erkak kishi ayol va farzandlarining nafaqasi, ta’minotini qilishi vazifasi hisoblanadi. Agar qaynotaning bu ishi o‘g‘illari vasifasini ado qilishiga to‘sqinlik bo‘lsa, albatta gunohkor bo‘ladi. Erlarga ham gunoh ta’minot qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi. «Moddiy ta’minot» deganda pul berish nazarda tutilmaydi. Balki hayoti uchun kerak bo‘lagan uy-joy, taom-sharob, kiyim-kechak va shunga o‘xshash ehtyojlarni o‘zi ichiga oladi. Agar qaynota o‘sha pullardan shu hojatlarni qilib beryapgan bo‘lsa, u va o‘g‘illari gunohkor bo‘lishmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar