Taxoratdan qolgan suvni ichish

Assalomu alaykum! Taxorat olgandan so‘ng artinmasdan oldin qo‘lini ko‘rsatkich barmog‘idan chimchalog‘igaga taxorat suvlarini ichsa savob deydi. 2). Cho‘milganda yoki taxorat olganda artinmasa badanidagi suvlar qurigunga qadar salovat aytadi deydilar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu noto‘g‘ri. Tahorat olgach, idishda qolganini ichib qo‘yish sunnat amali. Hozirda vodoprovodlardan ham ichib qo‘ysa sunnat ado bo‘laveradi. Ulamolarimiz “ichayotgan vaqtlarida Robbim men zohirimni Sen buyurganingdek pokladim. Qalbimni ham O‘zing poklagin deb niyat qilinadi” deganlar. حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ وَهَنَّادٌ، قَالَا: حَدَّثَنَا أَبُو الْأَحْوَصِ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي حَيَّةَ قَالَ: رَأَيْتُ عَلِيًّا تَوَضَّأَ، فَغَسَلَ كَفَّيْهِ حَتَّى أَنْقَاهُمَا، ثُمَّ مَضْمَضَ ثَلَاثًا، وَاسْتَنْشَقَ ثَلَاثًا، وَغَسَلَ وَجْهَهُ ثَلَاثًا، وَذِرَاعَيْهِ ثَلَاثًا، وَمَسَحَ بِرَأْسِهِ مَرَّةً، ثُمَّ غَسَلَ قَدَمَيْهِ إِلَى الْكَعْبَيْنِ، ثُمَّ قَامَ فَأَخَذَ فَضْلَ طَهُورِهِ، فَشَرِبَهُ وَهُوَ قَائِمٌ، ثُمَّ قَالَ: أَحْبَبْتُ أَنْ أُرِيَكُمْ كَيْفَ كَانَ طُهُورُ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ.
وَفِي الْبَابِ: عَنْ عُثْمَانَ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ زَيْدٍ، وَابْنِ عَبَّاسٍ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، وَعَائِشَةَ، وَالرُّبَيِّعِ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ أُنَيْسٍ
 Bizga Qutayba va Hannodlar hadis aytib berishdi. Ular deyishdi: «Bizga Abul Ahvas hadis aytib berdi». U Abu Ishoqdan:
Abu Hayyadan rivoyat qilinadi:
«Aliyning tahorat qilganini ko‘rdim. U kaftlarini tozalab yuvdi, so‘ng uch marta og‘zini chaydi, uch marta burniga suv oldi, yuzini uch marta yuvdi, bilaklarini uch marta yuvdi, boshiga bir marta mash tortdi, so‘ng oyoqlarini to‘piqlarigacha yuvdi. So‘ng o‘rnidan turib, tahoratdan qolgan suvini olib, tik turganicha ichdi. So‘ng: «Sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahoratlari qanday bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ygim keldi», dedi.
Bu haqda Usmon, Abdulloh ibn Zayd, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Oisha, Rubayyi’ va Abdulloh ibn Unaysdan rivoyatlar bor.
2). Unday degan gap yo‘q.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 192 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar