Birjaga pul tikish xalolmi?

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda kompaniyalar pul topish yo‘llarini xar xil usullar bilan qiziqtirib odamlarni o‘zlarining kompaniyasiga qiziqishini uyg‘otyapti. Bulardan onlayne biznes qilaman deb internet orqali kompaniyaning saytidan ro‘yhatdan o‘tib undagi taklif qilinadiyotgan paket(aktsiya deymizmi) biriga investitsiya kiritamiz. Bu kompaniya o‘zining rasmiy saytida bu pullarni birja savdolarida foydalanib bizga foyda berishini aytayapti. Ya’ni 100$ qo‘ysanglar 50$ qo‘shib beraman deyapti. Shu haqida menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz, sizni aytganingiz men uchun muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 222 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar