Maxsi muddati
Assalomu alaykum! Mening yashash joyim Jizzaxda, Toshkentda musofirman. Kecha taxminan14-30 larda maxsimni echib , oyoqlarimni yuvib to‘liq tahorat oldim . Kecha shom namozini o‘qib bo‘lgandan keyin taxminan 18-00 larda tahoratimni yangilab maxsiga masx tortdim. Bugun soat 15-00 larda tahorat olib , maxsiga masx torib Jizzaxga uyga yo‘lga chiqdim. Shom namozini yo‘lda o‘qidim, ammo xufton kirgancha uyga etib bordim. Shu holatda men (tahorat olmasdan) oyoqlarimni yuvib namoz o‘qishim kerakmi yoki tortilgan masx o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muqim bir kecha-kundiz to‘liq bo‘lgandan keyin safarga chiqsa, tahoratda oyoqlarini yuvib mahsini qaytadan kiyishi lozim bo‘ladi. Musofir bir kecha-kundiz o‘tgandan keyin muqim bo‘lsa, mahsini echib, oyoqlarini yuvadi. Agar bir kecha-kundiz to‘liq bo‘lmay muqim bo‘lsa, muqim muddatini to‘liq qilib mahsisini echadi. Chunki, u muqimning hukmida bo‘ladi (Durrul muxtor. J. III. B. 38). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 209 | Ibodatlar