Diniy va dunyoviy ilm
Assalomu alaykum! Men diniy ilmlardan tashqari, dunyoviy ilmlarni ham o‘rganaman. Chet tillarini o‘rganaman. Hadislarda o‘qigandim, ilmning savobi va afzalliklari to‘g‘risida. Men olayotgan dunyoviy ilmlarim uchun Allohdan ajr kutsam bo‘ladimi? Yoki bu faqat dunyoviy ilmlardami? Ochig‘i juda ko‘p vaxtimni sarflayman dunyoviy bilimlar uchun. Albatta, o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Sabrli bo‘lish joiz ekan. Shu qiyinchiliklariga sabr qilib, Allohdan ajrlar kutaman. Shu to‘g‘rimi? Albatta, yaxshi niyat qilganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz insoniyatga, xususan musulmonlarga ikki dunyosiga foyda beradigan ilmni o‘rganishingiz, bu borada niyatni tug‘rilab olishingiz ayni savob va ibodat hisoblanadi. Dunyoviy ilmlarni cho‘qqisiga chiqish ham oxir oqibat Allohning ma’rifatiga olib boradi. Dunyoni va holatni teran anglashga chaqiradi. Iqtisodda sarmoya va resursni taqsimlash degan muhim bob bor. Insonning sarmoya va resursi umri va uning iste’dodi bo‘ladi. shuni to‘g‘ri taqsimlasangiz dunyoda ham muvaffaqiyatga erishasiz oxiratda ham najot topasiz. Ba’zi bir odamlar juda ko‘p kitob o‘qishni yoqtirishadi. Bu yaxshi hislat, ammo o‘sha kitob o‘qishda dini yoki dunyosiga foyda keltiradiganlari bor, kitob o‘qishga chanqoqlik, ochlik degan narsani qondirish uchun ham kitob o‘qish bor. Unda odamlar dunyo va oxiratiga foydasi bo‘lmagan fantastik, xayoliy ishq muhabbatga tegishli kitoblarga vaqt sarflashadi. Albatta ular ham ma’lum daraja foydasi bor, lekin ularning foydasi Alloh taoloning Qur’onda zikr qilgan
Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», – deb ayt.(Baqara surasi 219-oyat)
oyatidagi “kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir” misoliga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 203 | Islam