Ilovadagi keshbek
Assalomu alaykum! Bir tanishimning gaz to‘lovi uchun plastik kartamdan klik tizimi orqali 1000000 o‘tkazib berdim, u menga 1000000 naqd berdi. Klik tizimi kartamga 10000 (sashbask) qaytarib berdi. Menga tizim qaytarib bergan 10000 halolmi? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: – Va alaykum assalom! Pulni egasiga berib qo‘ysangiz ixtilofdan chiqasiz. Ya’ni bir milion o‘tkazganga. Vallohu a’lam! Assalomu alaykum! Savolimdagi xatolikni to‘g‘rilash maqsadida va javobdan boshqalar ham foydalanishini inobatga olib qayta savol berdim. Klik ilovasi qaytarib bergan keshbek ilovadagi virtual hamyonga tushadi. Mazkur virtual hamyonni yopish haqida (Qandaydir sababdan SLISK-hamyonni yopishni istasangiz “Hamyonni yopish” tugmasini bosishingiz kerak bo‘ladi. Agar hamyonda qoldiq bo‘lsa, ilova uni to‘lovga, xayriyaga ishlatishni yoki uni olishni taklif qiladi. E’tiboringizni qaratmoqchimizki kompaniya ofisiga shaxsan murojaat qilganingizdagina olishingiz mumkin bo‘ladi. 3 yil ichida murojaat etilmagan bo‘lsa, qoldiq xarajatga chiqarilib, egasiga qaytarilmaydi.) deyilibdi. Virtual hamyonni yopib, pulni olgani bormaslik orqali keshbek summasidan xalos bo‘lsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Oling uni, o‘z egalariga qaytarishga harkat qiling. Yoki roziligini so‘rang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Oling uni, o‘z egalariga qaytarishga harkat qiling. Yoki roziligini so‘rang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat