Koreyts qo‘shni

Assalomu alaykum! Qo‘shnim koreyts, yoshi katta ayol, yaxshi ayol o‘zi yolg‘iz turadi. Xozir pandemiya sabab uyda bekor qoldim, xar xil kitoblar jumladan bibliya o‘qib vaqtimi o‘tkazyapman dedi. Xidoyat Allohdan albatta, kimni xoxlasa to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yadi. Shu ayolni musulmon bo‘lib o‘tishini juda-juda xoxlaridim, uni ko‘rgani kirish baxonasi bilan dinimiz to‘g‘risida oson, to‘g‘ri unga etkazib bera oladigan qanaqa kitob bersam bo‘ladi, faqat rus tilida? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Iman” nomli rus tilida kitoblari bor. O‘shani bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 171 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar