Egasidan so‘ramay berish

Assalomu alaykum! O‘zimni uyimda to‘qchilik. Uyga kelsam doim ortiqcha yog‘lar (ovqatdan qolgan) yangi nonlar judda ko‘p bo‘ladi. Onam ish bilan band, singillarim kichkina, axamiyat bermasligi tufayli isrof xolatiga kelib qoladi. Onamga bir ikki bor berib yuboraylik desam nonlarni qotib qolsa qo‘yga yog‘larni esa xamirga ishlatsa bo‘ladi deb bermadilar. Vaxolanki chiroyli ovqatlanish xam bir savob deb xamisha yangi maxsulotdan foydalanadilar, eskisidan emas. Shundan buyon uydagilarga sezdirmay boshqalarga tarqatib yuboraman. Buni xatto sezishmaydi xam. Ammo mengachi gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti kelganida aytib qo‘yaverasiz. Isrofdan saqlashligingiz to‘g‘ri ish. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar