Marhum nomidan qurbonlik
Assalomu alaykum! Bu savolni takroriy bo‘lmasin deb arxivdan qidirdim, javob bor ekan, lekin yana bir bor so‘rash muhim. Onam tush ko‘ribdilar, tushlarida marhum onalari qurbonlik qilib go‘sht tarqatayotgan ekanlar. Shunga “o‘g‘lim o‘tgan onam nomlaridan ham qurbonlik qilib qo‘y” degandilar. Men “avval so‘raylik, bunaqa narsa mumkinmikan” degandim. O‘tib ketgan odam nomidan qurbonlik qilib savobini atasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Vafot etgan odam tarafidan qurbonlik qilsa qanday amalga oshiradi?
Javob: Vafot etgan odam tarafidan qurbonlik qilishning bir necha surati bor.
1-Mayyit, “Mening tarafimdan, mening molimdan qurbonlik qilinglar” deb vasiyat qilgan bo‘lsa va uning vasiyatiga muvofiq uning molidan qilingan bo‘lsa, joiz. Lekin o‘sha jonliqning go‘shtini barchasi zakot olishga haqdorlarga sadaqa qili vojib bo‘ladi. Marhumning yaqinlari o‘sha go‘shtdan eyishi joiz emas.
2-Marhum ortidan qurbonlik qilishni vasiyat qilgan bo‘lsa yoki vasiyat qilmagan bo‘lsa ham farzandlari o‘z mollaridan nafl qurbonlik qilishgan bo‘lsa durust bo‘ladi. Uning go‘shtini boy kambag‘al va o‘zlari ham eyishlari mumkin.
3-Bir kishi o‘zining molidan va o‘z tarafidan nafl qurbonlik qilib, uning savobini bir yoki bir necha mayyitga bag‘ishlashi joiz. Go‘shtidan esa boy ham kambag‘al ham esa bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar