Qaynona kelin chiqishmasligi

Assalomu alaykum! Uylanganman 4 oy bo‘ldi. Alxamdulillax ayolim bilan 5 vaqt namozdamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oiladagi sunnatlariga muofiq qo‘limizdan kelgancha amal qilib yashayapmiz. Mening onam bilan ayolim o‘rtasida kelishmovchilik bo‘layapti. 2 oydan oshdi menga bunaqa kelin kerak emas, menga yoqmadi deydi va ayolimni turli xil kurakda turmas gaplar bilan xaqorat qilib zulum qilyaptilar xatto meni xam. Masjiddan imom olib keldik, nasixat qildilar foydasi bo‘lmadi. Aloxida yashab ko‘raylik desam, uydan butunlay chiqib ket propiskadan xam o‘chiraman, bergan sutimga rozimasman degan gaplar qildilar. Yoki uyiga jo‘natib yubor degan gaplari bilan tinch yashashga ko‘ymayaptilar. Onam namoz o‘qimaydilar bid’at ammalarga ko‘p ishonib yuradilar. Mana 2 oydan oshdi og‘izlariga nima kelsa gapiradilar. Allohdan duo qilib so‘rayman xar doim. Sizlardan iltimos qilib so‘rayman yordam beringlar, shariat bo‘yicha qanday yo‘l tutaylik? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabr qilinglar. Alloh taolo "Furqon" surasida marhamat qiladi:  وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا۝ 20...Ba’zilaringizni ba’zilaringizga sinov qildik. Sabr qilarmikansizlar?! Robbing ko‘rib turuvchi(Zot)dir.
«Ba’zilaringizni ba’zilaringizga sinov qildik».

Oddiy insondan payg‘ambar yuborib, odamlarni sinovga uchratdik, ba’zilari sinovdan o‘ta olmay, «Oddiy inson ham payg‘ambar bo‘ladimi?» deb, yo‘ldan adashdi. Ularning bu tasarruflari esa iymonlilar uchun sinov bo‘ldi. Qani,
«Sabr qilarmikansizlar?!»
Mushriklarning inkoriga chidab, ilohiy da’vat oddiy inson vositasi ila tarqalishiga sabr qila olarmikansizlar?
«Robbing ko‘rib turuvchi(Zot)dir».
Robbing har bir narsaning zohirinigina emas, haqiqatini ham ko‘ruvchi bo‘lgan Zotdir. Shuning uchun O‘zi bilib, hikmat ila tasarruf qiladi. Bandalarning ishi Allohning tasarrufini muhokama qilish emas, balki amrlarini bajo keltirishdir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar