Ota uchun namoz

Assalomu alaykum! Ota yoki ona hayotligida ular uchun chin dildan 5 vaqt namoz o‘qisa yoki vafotlaridan keyin o‘qishda davom etsa (ular uchun) savobi ularga yoziladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ota-ona uchun namoz o‘qilmaydi. Har bir kishi zimmasiga farz bo‘lgan namozlarni o‘zi o‘qishi kerak. Ota-ona vafotlaridan keyin farzandlarning vazifasi ularni qoldirgan namoz va ro‘zalarini fidyasini berish. Nafl namozni Alloh uchun o‘qib, savobini bag‘ishlasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar