Nikox va talok
Assalomu aleykum. bir masalaga oydinlik kiritishga yordam berishingizni iltimos kilaman.ZAGS dan utmasdan nikox ukitib turmushga chikkanman. Sababi kaynonam xozir ZAGSga ariza bersak bir oy kutish kerak buladi. Yaxshisi nikox ukitib kuya kolaylik, tuydan keyin darxol zagsga xam ariza berib kuyamiz deb ishontirdi. Rozi buldik. Lekin tuydan keyin kaynonam va’dasini bajarmadi, ugliga xam mandan beruxsat ariza bersang rozimasman, dedi. Xullas, arzimagan boxona, xar xil tuxmatlar bilan uydan xaydaldim. 3 oyga bordi turmushim. Bitta farzandli buldim. Kaynonam xatto nabirasini bilishni xam xoxlamaydi, kurmagan xam. Meni uyimdagilar bir necha bor ularnikiga borishdi, yarashtirish uchun. Lekin u judayam kup bumagur shartlar kuydi, bulmasa uglimni uylantiraman boshkasiga dedi. Uzi u mangacha 2 marta ajrashgan, mann 3chisi. Turmush urtogim kaynonamni nayranglariga ishonib Rossiyaga ketib koldi. Mandan va farzandidan umuman xabar olmayd, bilishni xam xoxlamaydi. Ketganiga bir yarim yil buldi. Oradi bir oyga kelib ketibdi Toshkentga. Buniyam urtoklaridan eshitdim. U menga talok demagan, lekin oxirgi marta gaplashganimda bilganingni kilaver, onam baribir yul bermidila yashashimizga deb sms yozgan. Savolim. Shu bilan oraga talok tushadimi yoki man xaliyam uni nikoxidamanmi.? Rosa urindim boglanishga, gaplashishga, befoyda. Telefon rakamlarini uzgartirib tashagan. Nima kilishga xayronman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shuning uchun nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, rasmiy tasdiqlash yo‘lga qo‘yilgan. Siz davlatga arz qiling. Haqqingizni talab qiling. Bolani qonini tekshirib, otasiniki bilan taqqoslab aniqlanadi. Zolimlar jazosini olishi kerak. Bolaning nafaqasini berishlari lozim. U odam, “bilganingni qilaver” deganida darhol, sendan ajradim, deganingizda taloq tushar edi. Endi, siz nikoh qilgan va guvoh bo‘lganlardan nikohni buzishni yo‘lga qo‘yishni talab qilishingiz kerak. Ilmli odam ishtirokida majlis bo‘lib, sizning arizangizni tinglanishi va nikohni buzilishi haqida qaror chiqishi lozim. Undan keyin siz idda o‘tirib, boshingiz ochiq bo‘ladi.
27 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush