Nopok holda tayyorlangan ovqat

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Ayollar tirnoqlariga lak qo‘yilgan bo‘lsa g‘usldan keyin junublikdan pok bo‘lmasligini o‘rgandik. Biz xozirda safarda nasroniylarni uyida ishlayapmiz, bir kuni uy egasini xotini bizga tushlikka taom pishirib mehmon qildi, albatta halol taomlar bilan. Savolim shuki u ayol doim tirnoqlariga lak qo‘yib yuradi, o‘sha qo‘llari bilan tayyorlagan taom biz uchun halol hisoblanadimi, bizga eyish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol hisoblanadi. Uning nopokligi ma’naviy nopoklikdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar