El kelsa istonjo qilinadimi

Assalomu alaykum! Sizlarni kanalingiz orqali juda ko‘p bilmaganlarimni o‘rganayapman, raxmat sizlarga! Meva esam el kelishi ko‘payib ketadi, taxoratdan so‘ng, uch to‘rt marotaba qayta taxorat olib namoz o‘qiyapman, bugun bildimki to‘liq taxorat olmasa bo‘lar ekan, el kelishda istinjo mustaxab kerak emas xattoki makrux ekan, men bilmagan edim, shunda qayta taxorat uchun faqat yuz yuviladimi yoki qo‘l, oyoq, masx, burun qolganlari xammi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istinjo qilinmaydi xolos, qolgan hamma amallar qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 176 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar