Qiz farzandning peshobi g‘usul qilishga sabab bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Mening 1 yashar qizim bor. O‘zim va xo‘jayinim namoz o‘qiymiz, bir tanishim qiz farzandning peshobi tanangga tegsa g‘usul qilish kerak o‘g‘il farzand bo‘lsa faqat taxorat olasan deb aytdi. Shu gap qanchalik to‘g‘ri? Qizim oldimda o‘tirganda peshob chiqarib qo‘ysa men harom bo‘lgan xisoblanamanmi yoki bu xatomi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tanishingiz dindan mutlaqo bexabar ekan. Qiz bolami yo o‘g‘il bolami peshobi kiyimga yoki badanga tegsa o‘sha joyini o‘zini yuvib olish kifoya. Yoningizda peshob qilsa sizga tegmasa zarari yo‘q. Mabodo tegsa ham tahoratingiz ketmaydi, o‘sha tekkan joyini o‘zini yuvsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar