Ayolga nafaqa qilish

Assalomu alaykum! Yurtimizda dinga katta xizmat qilayotgan xurmatli domlani maruzasida aytilgan gap bo‘yicha savol bermoqchiman. U kishini o‘ziga qanday bog‘lanishni bilmayman. Aytdilarki ayol kishining nafaqasi 100% erning zimmasida. Ayol eriga menga xar kuni qo‘y go‘shti olib kelasiz deyishga xaqqi bor, er shunga harakat qilib ishlashi kerak. Savol: Mening daromadim oyiga 500 yoki 600 ming so‘m, sartaroshman. Ishni yangi boshladim. Men qanday qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning nafaqasi erning boy yoki kambag‘al ekanligiga bog‘liq. Boy bo‘laturib kambag‘alni nafaqasini berish ham joiz emas. Xotin kambag‘al erdan boy er beradigan nafaqasini talab qlish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar