Oriflem sotib gunohkor bo‘lmaymanmi?
Assalomu alaykum! Men yaqinda oriflame kompaniyasiga a’zo bo‘ldim. Bu kompaniya turli xil atir, upa, krem shampun va shunga o‘xshash narsalar savdosi bilan shug‘ullanadi. Asos solinganiga ellik yilldan oshgan. Aytishlaricha, tabiiy vositalar orqali mahsulotlarni tayyorlar ekan. Oldindan o‘zim xohlagan ya’ni xaridorlarga sota olishim mumkin bo‘lgan narsalarimni tanlab buyurtma beraman(misol uchun sovun, shampun, tish pastasi, atir upa shunga o‘xshash narsalar). Oldindan to‘lovini qilaman. Men shu kompaniyaning a’zosi bo‘lganligim uchun menga ushbu narsalar katalogdagi(narxlar yozilgan jurnaldagi) narxdan arzonroq keladi. Men bu mahsulotlarni olib kelish uchun dastavka puli to‘layman, bank ham pul o‘tkazamani amalga oshirganligi uchun ulush saqlaydi hamda internet orqali buyurtma beraman. Agar men narxlarni ustiga narx qo‘yib sotsam qilayotgan savdom halol hisoblanadimi? Men gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdoingiz joiz, lekin boshqalarni jalb qilib oladiganingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdoingiz joiz, lekin boshqalarni jalb qilib oladiganingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat