Uyinga ket yoqmayabsan desa taloq tushadimi
Assalomu alaykum! Shu kunlarda ayolim bilan ozgina janjallashib qoldik. Onam men va ayolim uy. Ishlarini qilayotgan vaqtda janjallashib qoldik men ayolimni sokdim ayolim menga onamning oldida gap qaytarib do‘q qilib yubordi shu vaqt jahlim chiqib ketib qolidan etaklab uyga olib kirdim va bor uying ket menga gap qaytaradigan meni hurmat qilmaydigan hotin kerakmas dedim. U uydan chiqib ketdi va 5minutdan keyin qaytib kirdi. Va hech qaerga ketmayman deb uzur so‘rashni boshladi men esa uch to‘rt marta uyinga ket yoqmayabsan deb qatiy turib oldim. O‘rtada 7oylik qizimiz bor. U menga ketsam ohiri nima bo‘ladi ajrashmoqchimisiz dedi men ajrashish haqida hech narsa demadim. U agar ketsam qizimni ham olib ketaman dedi. Men qizim men bilan qoladi dedim. Oradan 15 minut o‘tib qizimni olib uydan chiqib ketdi. Shanba kunligi uchun ko‘chada yo‘lovchi mashina yo‘q edi yana qaytib kirdi. Keyin ota onam so‘kib yarashish dedi. O‘sha kuni kechqurun yarashib oldik. Hammasi tez sodir bo‘ldi jahlim chiqqani uchun o‘zimni bosolmay qoldim lekin ajashish niyatida yoki butunlay haydamadim. Ozgina qo‘rqitib qo‘ymoqchi edim holos. Uning ham ketish niyati yo‘q edi, oshirib yuborganim uchun uydan chiqib ketdi lekin qaytib kirdi. Hurmatli ustozlar ushbu holatda o‘rtaga taloq tushgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatingizga qaraladi. Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatingizga qaraladi. Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush