Nikoh bog‘langanmi

Assalomu alaykum! Yaqinda zikr ahlidan so‘rang saytida nikohlanishda “Qabul qildim” va “rozi bo‘ldim” lafzlari o‘tgan zamonda bo‘lishi kerak yo‘qsa nikoh bog‘lanmaydi degan javobni o‘qib qoldim. Shu vaqtgacha iyjob va qabul muhimligi haqida bilardim ammo o‘tgan zamon shaklidagi javob nikohni bog‘lamasligini eshitib juda o‘ylanib qoldik. Erim bilan nikohimizda imomning savoliga qabul qilaman va roziman deb javob berganmiz. Shu vaqtgacha qatnashgan barcha nikoh marosimlarimizda ham shunday bo‘lgan edi. Endi biz va yaqinlarimizning nikohi bog‘lanmagan hisoblanadimi, farzandlar zinodan tug‘ilganga kirib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyotan yangilab olaveringlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:35 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar