Duo bilan davolanmoq

Assalomu alaykum! Avvalo dard beruvchi xam, shifo berguvchi xam yolg‘iz Allohdir, dinimizda har bir kasallikni davolash uchun aloxida maxsus duolar bor deb eshitdim. Masalan onam qon bosimi va yurak qon tomiri kasalligiga chalinganlar, ular uchun qandey duo o‘qishlari kasalliklariga shifo bo‘lishi mumkin, umuman olganda kasalliklarni duo bilan davolash mumkinmi? Bu to‘g‘risida xadislar bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz duoni bir buyum yoki kompyuter kabi narsani ochishga ishlatadigan parol deb o‘ylar ekansiz. Duo bu Alloh taolodan iltijo qilib so‘rash. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan duolar qaysi o‘rinda qanday qilib so‘rashni o‘rgatilgan ta’lim xolos. Asosiysi Alloh taologa yolvorib so‘rashdir. Sunnatda ularni avvalo hijomaga buyurilgan. Gipertoniklarni davolaydigan ochlik bilan davolash uslublari ham bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 162 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar