Hoiza ayollar tahajjudda duo qilishlari

Assalomu alaykum! Agar ayol kishi uzrli bo‘lsa tahajjud vaqtida turib namoz o‘qimasdan faqat duo qilib o‘tirsa bo‘ladimi? Chunki Alloh bu vaqtda dunyo osmoniga tushib turadiku u vaqtda Allohga tahoratsiz yuzlangan bo‘lib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolarimiz shu darajadagi gapni aytganlarki, uxlayotgan odam erinsa, dangasalik qilsa, hech bo‘lmasa o‘sha vaqtda o‘tirib, tahorat qilmasa ham bir zikr va duo qilib Allohdan so‘rab qolsin deganlar. U vaqtda hayzdan pok bo‘lishi yoki bo‘lmasligining farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 140 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar