Kaptar tutib olib egasiga pullash
Assalomu alaykum! Ustozlar g‘oyibona sizlardan olayotgan ilmimizdan rozi bo‘linglar. Alloh barcha ishlaringizda yordamchingiz bo‘lsin.
1). Bir do‘stim kaptar boqishga qiziqadi va o‘ziga o‘rgatgan kaptarlari yordamida boshqa joydan uchib kelgan kaptarlarni tutib sotadi. Kaptarvozlar ichida shunday qonun bor. Tutib oldingmi, seniki. Hattoki haqiqiy egasi kelsa narx qo‘yib sotaman deydi va pulini o‘z ehtiyojiga, oilasiga sarf qiladi. Bunday ishlarga shariatimizni hukmi qanday?
2). Turmush qurayotganda nikoh o‘qiyotgan domla kelin kuyovdan shahodat kalimasini so‘rashi kerakmi yoki shart emasmi?
3). Qiz bola g‘ayridin bilan turmush qurishi mumkinmi? Agar turmush qurib bo‘lgan bo‘lsa erini islomga chaqirsa eri xoxlamasa nima qilishi kerak? Javoblar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Egasi borini ushlab sotish halol emas. 2). Hozirgi kunda so‘rash kerak. Imkon qadar so‘rashni muhim darajaga ko‘tarish ham kerak. Chunki qanchalar o‘zlari musulmonman degan yigit qizlar iymon kalimasini bilishmaydi. 3). Muslima ayol Islom dinidan boshqa biror dindagi kishiga turmushga chiqishi mumkin emas. Mabodo turmush qursalar ham nikoh bog‘lanmagan bo‘lib, o‘rtadagi har bir ish zino hisoblanadi. Tezda alohida yashashga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar