Namoz o‘qishni o‘rganmoqchiman

Assalomu alaykum! Yoshim 19 da. Do‘stlarim masjidga chiqayotganini ko‘rib faxrlanaman. Mening ham majsidga chiqqim bor. Ammo namoz o‘qishni bilmayman. Do‘stlarimga bu haqida aytsam, "chiqaver, odamlar nima qilishsa, o‘shani takrorlayverasan" deyishmoqda. Bir-ikki marta masjidga bordim, lekin namoz o‘qiy olmaganim uchun vijdonim qiynalib to‘xtatib qo‘ydim. Nima qilsam bo‘ladi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Do‘stlaringizga ayting, avval tahorat qilishni o‘rgatishsin, ular bilan birga boring va nima qilishsa siz ham takrorlang. Namozni hamma ham shunday boshlagan. Yuraversangiz umringiz shunday o‘tib ketadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 229 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar