Jinsiy aloqa vaqtida gapirsa

Assalomu alaykum! Uyimizda "Kasalliklar tarixi" nomli kitob bor, ushbu kitobning dastlabki sahifalarida hadislardan bir nechtasi keltirilgan, bir joyda ko‘zim tushdi, qaysi hadisligi esimda yo‘q, er o‘z ahli ayoli bilan jinsiy aloqa qilayotganda ayoliga gapirsa tug‘ilajak farzand soqov yoki ayolining andomiga qarasa, farzandi ko‘r bo‘lib tug‘ilishi mumkin deb yozilgan. "Baxtiyor oila" kitobida esa, farzandning qanday tug‘ilishi jinsiy aloqaning holatiga bog‘liq emas, urug‘ ekin ekiladigan joyga ekilsa bo‘ldi deyilgan. Endi u kitobga ishonmaslik kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha gapga ishonmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:50 | Savol-javoblar | 168 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar