Oiladagi xolat

Assalomu alaykum! Ustozlar bu savoldi berishim o‘zi g‘alatiroq men 2 o‘tni orasidaman. Onam va ayolim. Onamni yomon demiman. Ayolimi yomon demiman yaxshi ham demiman. Shunga maslahatingiz kerak. Ayolim og‘riganini men bilaman. Chunki kechasi birga men yotaman onamlar bilmedi chunki ayolim uydagilarga yomon ko‘rinme deb kundizi o‘zini tutib yurishga harakat qiladi. Bunga sabab yangi uylangan paytimda ayolim bir ikki og‘riganda onamlar piching gaplar gapirib ate qilyapsan degan manoda gapirishgan shunga ayolim qo‘rqadi og‘riyapman degani. Ayolim masjid noibini qizi lekin bunga yarasha emas to‘g‘risi. Sabab menga ko‘p gap qaytaradi to‘g‘ri bunda ayb o‘zimda bo‘lishi mumkin boshida bo‘sh qo‘yagan bo‘lsam kerak lekin bo‘sh qo‘yib qande xolatda dunyoviy ishlardi qilmasa umuman so‘kmaganman shu xolatda bo‘sh qo‘ygan bo‘lishim mumkin. Mana singlisini chiqarishdi to‘ydan ikki kun olib borib qo‘ydim boribla u erdi havosi yoqmasdan og‘rib qoldi kechasi doktorga borishibdi to‘y kuni ayolimni otasi olib keting bu erdi havosi yoqmayapti deb aytgandi men ayolimga aytsam ketmiman deb turib oldi. To‘g‘risi kop ayolimni kongliga qareman chunki Paygambarimiz aytgan har bir muslima qiz mening qizim deb shuning uchunham ayolimni kongliga qareman. O‘sha kuni doktorga olib borib 3 kunlik ukollarini olib berdim 3 kundan kegin kelseng boshqa yaxshi doktorga korsataman deb xo‘p dedi lekin keladigan kuni onasi tel qilib jo‘natolmiman deb jo‘natgisi kelmadi men olib kelaman desamham onam bilan gaplashib shunaqa ogriyapti jonatolmiman deb onamdan ruhsat oldi. Ayolim bilan o‘zini onasi qilyatkan kop ishlardi Otasi bilmedi. Tan olaman bizning uyda piching gaplar kesatiq gaplar juda kop ayolimga kop aytaman sabr qil alloh sabr qiluvchilar bilan birga deb Mana ayolim ogriyapti 2 kun oldin kelishi kerak edi aslida lekin qaynonam tel qilib jo‘natmadi men tel qilyapman qandedir oilasidagilar ayolimni menga qarshi qilyatkandek tuyulyapti meni gaplashtirishmayapdi uxlayàpdi teldi olib kochaga chiketgandim deb bahonalar ilishyapdi ayolimiham muomilasi o‘zgargandek tuyulyapti. Menga maslahatingiz kerak onam bilan ayolimni orasini qanday isloh qilay. Ayolimga uni onasiga qande tushuntiray erdi gapi ota onanikidan ustunligini. Men noshariy buyruq bermiman faqat quyidagi aytganlarim bo‘yicha. Oilamdagi kesatiq piching gaplardi yo‘qotish uchun nima qilay. Ayolim bilan oramizdagi munosabatni avvalgidek bo‘lishi uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu vaziyatda ayolingiz va uning qarindoshlari nima uchun siz bilan bunday muomalada bo‘lishayotgani, maqsadlari nima ekanini bilish kerak. Agar shunchaki ajrashtirish niyatlari bo‘lsa hech narsaga qaramay ayolingizli uyingizga olib keling. Agar unga zulm qilayotganingiz uchun sizdan uzoq bo‘lgisi kelayotgan bo‘lsa o‘zingizdagi o‘sha nuqsonni isloh qilishingiz kerak. Xullas, masalangizni hal qilish uchun atroflicha suhbatlashish kerak. Biror erdagi ahli ilmga uchrab, maslahat oling. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 11:18 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar