Va’da va qiymat

Assalomu alaykum! Bir yarim yilcha avval, do‘stim g‘isht ishlab chiqarmoqchiligini va unga kerakli dastgox va boshqa qo‘shimcha uskunalarni sotib olish uchun pul berib biznesga qo‘shilsam foydadan uchdan birini berishini aytib mendan pul oldi. Lekin shu vaqt davomida xar-xil sabab bilan ish yaxshi bormayotganligini aytib pul bermadi va men pulimni qaytarib olishga qaror qildim. Do‘stim pulimni olgan summasi bo‘yicha faqat o‘zini so‘m xisobida olgani uchun so‘mda foydasiz qaytardi, lekin bu davr ichida so‘m anchagina inflyatsiyaga uchradi va natijada narx-navo, dollar va tilloning qiymati keskin ko‘tarilib qaytarilgan pul berilgan vaqtidagi qiymatidan ancha kamayib ketdi. Savolim bergan pulimni tilloda yoki dollarda bergan vaqtimdagi qiymatida qaytarishini talab qilishga xaqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul kasod darajasiga etgan bo‘lsa o‘sha vaqtdagi tilloning qiymatini olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar