Taxoratda shubha
Assalomu alaykum! Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi. “Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”. Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Xurmatli ustozlar menga shu xadisni tushuntirib bersela. Agar taxorat olgan odam taxorati ketsayu lekin buni eslay olmasa shubxa kilsa taxorati bor xisoblanadimi shu narsaga aytilganmi anik narsa shubxa ila ketmaydi deb. 2 Man taxorat olishni boshlashim bilan el kistab turadi va namoz voxtida xam el kistab turadi va ikki tarafga salom berib bolganimdan keyin oz ozidan bu xolat toxtaydi bu xolat meni kiynayabti jamoat namozlariga chika olmavoman taxoratim ketib komasin db 3 Orqa avratni yuvib bo‘lib bir joyga otirsam xuddi el chikganday bovoti buning taxoratga zarari yokmi javobingiz uchun oldindan raxmat Alloh sizu bizlarni ikki dunyo saodatiga erishtirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahorati ketgan aniq bo‘lsa ketgan bo‘ladi. Agar ketgan yoki ketmaganini bilmasa ketmagan bo‘ladi. 2). Siz avratni mutlaqo yuvmang. El chiqqani uchun avrat yuvilmaydi. 3). Vasavasa bo‘lsa chiqmadi deb namozingizni o‘qiyvering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar