G‘usl o‘rniga tayammum
Assalomu alaykum! Avvalambor savolim uchun uzr sizga savolimni tushinarli qilib etirib beraman degan umitdaman. Men turmushga chiqganman kelinlik uyimda qishning sovuq kunlarida g‘usl qilishga umuman sharoit yo‘q uyimizda gaz yo‘q faqat yotoqhonamizni pechda issiq qilamiz boshqa honalarda hammasida uydagilar uhlaydi g‘usl olishga vanna honamiz yo‘q oshxonamiz ham juda sovuq bo‘ladi. 5-6 oy g‘usl qilishga sharoit bo‘lmay qoladi. Savolim shuki g‘usl o‘rniga tayammum qilsa bo‘ladimi yoki g‘usl qilish shartmi? Agar g‘usl qilish shart bo‘lsa honamda g‘usl qilsam turmush o‘rtoqimni yonida olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl qilish uchun ko‘p narsa kerak emas. O‘sha yotoqxonangizga kattaroq tog‘ora va suv olib kiring. Zarur bo‘lganda suvni pechda isitib, g‘usl qilaverasiz. Sizlarda tayammum qilish uchun uzr yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 165 | Tahorat