Jannat ahli
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, xristian, yahudiy kabi boshqa dindagilar ham va jannatga kiritiladmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo «Oli Imron» surasi 19-oyatida : إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللّهِ الإِسْلاَمُ وَمَا اخْتَلَفَ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ إِلاَّ مِن بَعْدِ مَا جَاءهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ وَمَن يَكْفُرْ بِآيَاتِ اللّهِ فَإِنَّ اللّهِ سَرِيعُ الْحِسَابِ Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelganidan so‘ng o‘zaro zulmu hasad qilibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh o‘ta tez hisob qiluvchidir. Ibodatga sazovorlik yagona Zotga xos bo‘lganidan keyin din yuritish ham yagona Zotning ishi bo‘lishi kerak-da. O‘sha Zotga sig‘inish, Uning amrlariga bo‘ysunib, aytganlarini qilib yashash uslubi ham bir xil bo‘lishi kerak. Shu boisdan: «Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir». Allohning huzurida Islomdan boshqa din yo‘q. Yahudiy, nasroniy, buddiy yoki yana boshqa har xil dinlar Allohning huzurida e’tiborini yo‘qotgan dinlardir. Ularga e’tiqod va amal qilganlar behuda yuribdilar. Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin aqiyda ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom aqiydasidir. Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin shariat ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom shariatidir. Dunyoda Alloh yagona bo‘lganidan keyin din ham yagona bo‘lishi kerak. U Islom dinidir. Islom bandalarning faqat Allohga to‘liq bo‘ysunishidir. Islom bandalarning faqat Alloh taologa to‘liq ibodat qilishidir. Islom bandalarning faqat Alloh taolo ko‘rsatgan yo‘ldan yurishidir. Islom bandalarning faqat Alloh taoloni ibodatga sazovor yagona Zot deb tan olishidir. Islom bandalarning faqat Alloh taoloni o‘zlari ustidan yagona qoim turuvchi deb tan olishlaridir. Musulmonlardan boshqalar bu haqiqatni tushunib etmaydilar, ixtilof qiladilar. Ularning ixtiloflari sababini kelasi jumla bayon qilib beradi: «Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelganidan so‘ng o‘zaro zulmu hasad qilibgina ixtilof qildilar». Ahli kitobning kelishmovchiligi ilmsizlikdan, johillikdan emas. Ularga Alloh tomonidan ilm kelgan edi. Ular Allohning yagonaligini, ibodatga sazovorlikda ham yagonaligini, bandalarning vazifasi nimadan iborat ekanini yaxshi bilar edilar. Bilib turib, ixtilof qildilar. Yahudiylik va masihiylik tarixini o‘rgangan olimlar, hatto ularning o‘z millatlaridan bo‘lgan tarixchilar ilmiy bahslardan so‘ng shuni e’tirof etishganki, bu ikki diyonatdagi ixtiloflar va mazhablarning kelib chiqishiga doir siyosiy tortishuvlar o‘zaro hasad va siyosiy nufuzni oshirish maqsadida qilingan harakatlarning natijasidir. Demak, ular bu buzg‘unchiliklarni bilib turib, qasddan qilganlar. Shu boisdan ham: «Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh o‘ta tez hisob qiluvchidir», – deyilmoqda. Ahli kitobning o‘zaro hasad va dushmanlik tufayli ixtilof qilishlari «Allohning oyatlariga kufr keltirish» deb baholanmoqda. Kufr keltirganlarga esa hisobni tez qiluvchi sifatiga ega bo‘lgan Alloh tezda jazosini beradi.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Bundan boshqa din Alloh taoloning xuzurida maqbul emas. Dinning asosi e’tiqod hisoblanadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lganidan keyin boshqa payg‘ambarlarning payg‘ambarligiga iymon keltiriladi, lekin ularning shariatlariga amal qilinmaydi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak bir hadislaridam : “Muso tirik bo‘lganida edi, menga ergashmasidan boshqa chorasi yo‘q edi” deganlar. Shuningdek qiyomatga yaqin Iso alayhissalom osmondan tushganlarida ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga amal qiladi. Chunki o‘zlarining shariatlari mansuh bo‘lgan. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashishlari qachonki boshqa din vakillari o‘z dinlarini salomat saqlab qolganida bo‘lar edi. Shunda ham ergashmasalar, ular kofir bo‘ladilar. Hozirgi kunda esa ular dinini butkul o‘zgartirib yuborishgan. Alloh taolo O‘zini yakka deyishga chaqirsa, ular Xudoni uchta deyishga, farishtalarni esa Allohning qizlari deyishga chaqirishadi. Butparaslar esa bundanda yomon ahvolda. Alloh Qur’oni Karimda ularni barchasini Allohga kufr keltirganlar, shirk keltirganlar va do‘zaxda abadiy qoluvchidirlar deb marhamat qilgan. Musulmon musulmon oilada tug‘ilgani uchungina musulmon bo‘lib qolmaydi, balki Alloh iymon keltirishga buyurgan narsalarga iymon keltirgani uchun musulmon bo‘ladi. Agar ularga iymon keltirmasa ularni musulmon deyilmaydi. Boshqa din vakillari esa Alloh iymon keltirishga buyurgan narsalarning juda ko‘piga kofir bo‘lishgan. Hayotdan maqsad qaysi din vakili bo‘lib, o‘shanga itoat qilish emas. Balki haq dinga itoat qilishdir. Bu din faqatgina Islom dinidir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda