G‘ayri din aksa ursa
Assalomu alaykum! Musulmon bo‘lmagan odam aksa ursa, unga sog‘ bo‘l deyishlik joizmi yoki joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lmagan odam aksa urib Allohga hamd aytsa, ularga Allohdan hidoyat va hollarini isloh qilishini so‘ralsa bo‘ladi. عَنْ أَبِي مُوسَى الأَشْعَرِيِّ قَالَ: كَانَتِ الْيَهُودُ يَتَعَاطَسُونَ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجَاءَ أَنْ يَقُولَ يَرْحَمُكُمُ اللَّهُ، فَكَانَ يَقُولُ: يَهْدِيكُمُ اللَّهُ وَيُصْلِحُ بَالَكُمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Yahudiylar nabiy sollalohu alayhi vasallamning huzurlarida aksa urishar va “Alloh sizlarni rahm qilsin”, deyishlarini umid qilishar edi. U zot esa: “Alloh sizlarni hidoyat qilsin va holingizni o‘nglasin”, der edilar”, dedi.
Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar