Qazo va ado namozlari haqida
Assalomu alaykum! Bir kun oldin Bomdod namozini qazo qilib qo‘ydim, keyin qazoni ertangi bomdoddan oldin qo‘yaman degan asnoda keyingi besh mahal namozni o‘qib qo‘yaverdim, ammo Xufton va Vitr namozini o‘qib bo‘lgach bir ma’lumotga ko‘zim tushdi. Unda: "Qazo namozini undan keyingi ado namozidan oldin o‘qib qo‘yilishi, agar o‘qimasa, qazoni o‘qigandan so‘ng o‘qilgan ado namozini ham qayta o‘qishga to‘g‘ri kelishi" haqida aytilgan edi. Va men darrov Bomdodning qazosini o‘qib qo‘ydim. Endi nima qilsam bo‘ladi oldingi kungi o‘qilgan 5 mahal namozim va ularni o‘qimaganim sabab keyingi namozlarim ham qabul bo‘lmaydimi yoki gunoh bilmay qilinganligi uchun ham oldingi 5 mahal namozni o‘qimasam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta o‘qish shart emas. Siz sohibi tartib bo‘lmasangiz qazoni xohlagan vaqtda o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:01 | Savol-javoblar | 176 | Namoz