“tur yo‘qol uyingga” deb haydash

Assalomu alaykum! Oilaliman, ayolim va bitta qizim bor. Ba’zida ayolim jahlimni chiqarsa yaxshi gapiraman. Keyin qattiqroq gapiraman. Bir kun “tur yo‘qol uyingga”, deb haydadim, u esa ketmayman dedi. Bunday deyishligimdan maqsad, u uyiga ketolmaydi sababi meni yaxshi ko‘radi. Shunaqa qattiqroq gapirsam yaxshi bo‘larmikin degan maqsadda aytgandim, lekin ko‘nglimda taloq niyati yo‘q edi. Faqat yaxshi bo‘larmikin degan umidda aytgandim xolos. Iltimos, meni shu holatimga to‘liq javob bersangizlar. Agar nikoh o‘qitib olishim kerak bo‘lsa uni ham qilishga tayyorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytilmagan bo‘lsa taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar