Aayollarning kafforat ro‘zasi

Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar! Ayollar kafforat ruzasini kay tarzda tutishlari kerak, ya’ni 60 kun mobaynida ularda uzrli (xayz kurgan) xolatlarida kanday yul tutishlari darkor? Javobingiz uchun oldindan tashakkur! Alloh ilmingizni ziyoda kilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qasddan ro‘zasini ochib qo‘ygani bois ikki oy kafforatini tutayotgan ayol orada hayz ko‘rib qolsa, kafforatni qaytadan boshlashi shart emas. Uzrlari ketgach, davom ettirib ketaveradilar. «Kafforat ro‘zasini tutayotgan kishi yoki ayol qaysidir uzr tufayli ikki oy ichida biror kun ro‘zasini ochib yuborsa, qaytadan boshlaydi. Hayz ko‘rish bundan mustasnodir». Izoh: Nifos ko‘rgan ayol poklangach, yana qaytadan oltmish kun ro‘za tutadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar