Yaqin sharqdagi holatga munosabat

Assalomu alaykum! Ijozat bersangiz ancha buyon o‘ylantirib yurgan bir masalani so‘rasam. Yaqin sharqdagi Shom, Falastin, Iroq va Xitoyning sharqiy qismidagi holatlar yuzasidan ba’zida turli xabarlar videolar keladi. Tinch aholini ustidan bomba tashlash,musulmonlarni ayovsiz kaltaklash, ayollarini zo‘rlash, yurtlari shaharlarini vayron qilish bu ayniqsa Rus va AQSh harbiylari tomonidan sodir etiladi. So‘ramoqchi bo‘lganim bu holatlarga qolgan musulmonlarning, bizlarning munosabatamiz qanday bo‘lishi kerak? Bizga ko‘pincha buni musulmonlar urushi deyishadi, baribir ham beayb tinch aholi juda katta ozor ko‘ryapti biz musulmon birodarlarimizga yordam berishlik uchun nima qilishimiz kerak? O‘sha erda yurganlar o‘zlarini mujohidlar deb atasharkan, musulmon olamini bu ahvoliga yordam berolmayapsan jihodga kelmayapsan deb do‘zaxiyga chiqarishadi. Bu ushbu oyatni aytishadi: Ey mo‘minlar! Sizlarga nima bo‘ldiki Alloh yo‘lida jihod qilinglar deyilsa yurtingizga yopishib oldingiz? Tavba surasi 38-oyat. Bu holatdan o‘zimcha fikr yurg‘izishga ojizman. Birodarlarimizni bu ahvolini ko‘rib jim yursam Alloh huzurida bu haqda so‘roq qilinishdan qo‘rqaman. Shuning uchun sizlardan maslahat so‘rayman. Biz nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida boshlariga o‘sha holatni tushishiga o‘sha joylardagi axolining ahmoq qismi katta yordamchi bo‘lishmoqda. Qisqa qilib aytganda siyosiy o‘yin. Bunday vaqtda hammamiz astoydil taqvo qilib Allohga qattiq bog‘lansak, Allohning madadi yog‘ilishiga shak-shubha yo‘q. Jihod qilish to‘g‘ri ish bo‘lganida ko‘z oldida onasi, singlisi, xotini zo‘rlanganlar, o‘qqa tutilganlar, besh milion, o‘n milion bo‘lib g‘arbga, turkiyaga qochmasdan o‘sha erda jang qilishgan bo‘lishar edi. Sizu bizdan ko‘ra jang qilishga ularni sabablari bor, imkoniyatlari bor. Siyosiy o‘yinligini tushungani uchun qochib ketishgan. U erga borishga chaqirayotganlar ham o‘zlari boshqa mamlakatda qulay sharoit, katta pulni olib va villalarda o‘tirishibdi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 140 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar