ikkita savol
Assalomu Aliykum Hurmatli Shayh Hazratlari. Sizga ikkita masalada murojaat qilmoqchiman. 1- man asli shahrisabzdanman. poytaxtga uqish uchun kelganman. ikkinchi kursdaligimda ota oanmga yordam boladi dip kichik biznessimni boshladim. xar qale kontraktda uqiyman yana boshqa xarajatlar. boshida ishim yaxshi boldi. kegin bozrga berilib ketganakanman uqishdan chetlashtirishdi. xafsalam pir boldi. uqishim quldan ketgach bor kuchimni ishga bagishladim. lekin kop utmay qattiq bankrot boldim. bir sumsiz qoldim. xatto shunaqangi kunlarim bolganki bir oylab issiq ovqat emaganman. uni ustiga qarzga kirdim. xisoblab chiqsam 1500 $ qarzim borakan. xozir uqishimdan ayrilganman ishim bankrot bolgan qarzim bor. man bu ishlardan siqilmiyman chunki Allohning qadari shunaqa ekan rozi bumiy ilojim yuq. man xammasini boshidan boshlashga kuchimam vaqtimam etadi. endi 22 ga kirdim. faqat manga tugri yulni korsatadigan odam kere. ishni nimadan boshliy. shariy yul buyicha maslaxatiz kere. kegin qarz egalari pullarini surab kelishadi ularga qanaqa muomalada bulish lozim. ayrimlari johil bolganligi sababli gohida ogizlariga erk bervorishadi qarzdor dip xoxlagan ishlarini qilishga xarakat qilishadi. ulardan qarzim busada muomalalriga yarasha javob qaytargim keladi lekin allohdan qurqaman. ularga qanqa muomliada buliy. umuman nima qilishim kere mana shu vaziaytda. xatta kunduzi ishlab kechqurun man ijarada turadigan maxlladagi bolarning uyida xizmatkor bolib ishlasammi dip xam uyladim. maqsad qarzlarimdan tezro qutulish. 2- savolim. yuqorida etganimde yoshim 22 da turisini etaman qizla bilan yaxshi chiqishaman. turi manoda ular bilan dust bosam boladimi. bilaman ikki jinsning yolgiz qolishi mumkinamas. lekin ozim bilmagan xolda ular bilan yaxshi chiiqishib ketaman. bilmadimu lekin qaysi qiz bilan gaplashmiy darrov manga urganib qolishadi. shu ishimga nima maslaxat beras. (o‘zi qarzga kirib boshimga ogir kun tushib tusayu sizga bergan ikkinchi savolimmi qaring.)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Qarzlarni uzishga qattiq harakat qiling. Qarz egalari bilan yaxshi muomala qiling. Boshqa narsalarga chalg‘imang.2. Qizlar bilan gaplashmang.
4 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Qarzlarni uzishga qattiq harakat qiling. Qarz egalari bilan yaxshi muomala qiling. Boshqa narsalarga chalg‘imang.2. Qizlar bilan gaplashmang.
4 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar