Sovchi ustiga sovchi qo‘yish
Assalomu alaykum! Men bir qizni yoqtiraman, lekin u unashtirildi yaqinda. Shunday bo‘lsa ham men o‘z odamimni uyiga jo‘natsam yoki o‘zim borib ota-onasi bilan gaplashsam bo‘ladimi? Gunoh hisoblanadimi qiladigan ishim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim birovning xotinini eridan aynitsa bizdan emas” deganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَخْطُبُ الرَّجُلُ عَلَى خِطْبَةِ أَخِيهِ حَتَّى يَتْرُكَ الْخَاطِبُ قَبْلَهُ أَوْ يَأْذَنَ لَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kishi o‘z birodarining sovchiligi ustiga, undan oldingi sovchi tark qilmaguncha yoki unga izn bermaguncha, sovchi qo‘ymas», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Birov sovchi qo‘yib turgan joyga uning ustidan sovchi qo‘yish haromdir. Faqat birinchi sovchi qo‘ygan odam kelisha olmay, sovchilikni tark qilganidan so‘ng yoki uning o‘zidan izn olgandan so‘nggina sovchi qo‘yish mumkin.
Chunki birovning sovchiligi ustiga sovchilik qilish birinchi sovchining haqqiga tajovuz qilishdir.
Bu ish tufayli kishilar o‘rtasida nizo, xusumat, adovat va urush-janjallar chiqadi.
Shu bilan birga, birdaniga bir necha kishi sovchi qo‘ygan, ish pishmay turgan bo‘lishi mumkin. Ulardan hech biri bilan jiddiy muomala qilinmay, ikkilanish va maslahat holati bo‘lishi mumkin. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Makruhi tahrimiy, ya’ni haromga yaqin makruh – shariat tomonidan qilmaslik jazmiy ravishda talab qilingan, lekin qat’iy bo‘lmagan dalil bilan sobit bo‘lgan narsa. Misol uchun, birovning savdosi ustiga savdo qilish, ya’ni xaridor savdoni bitirmay turib, boshqa bir xaridorning savdoga aralashishi, birovning sovchiligi ustiga sovchilik qilish, erkaklarga tilla va ipakli kiyim kiyishning haromligi kabi hukmlar. Mazkur ishlarni qilmaslik jazm ila talab etilgan, ammo ohod hadislar bilan sobit bo‘lgan. Shuning uchun harom emas, makruhi tahrimiy hukmini olgan. Bu ham harom hukmidagi gap. Faqat bunday hukmni inkor qilgan odam kofir bo‘lmaydi, xolos. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 235 | Oila va turmush