Farzand tarbiyasi ehsondan afzalmi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar ijtimoiy tarmoqlarning birida o‘qigan edim, hozirda esa izlab-izlab topa olmayapman.. Unga ko‘ra "Farzandingizni chiroyli, go‘zal tarbiya qilishingiz uning haqqiga 1so tilla ehson qilishingizdan ham afzalroqdir!. " deyilgan edi. Huddi shunday mazmunda hadis bormi va 1so tilla degani hozirda 4kg vaznga to‘g‘ri keladimi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tilla degan so‘zi hadisda yo‘q. حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ: حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَعْلَى، عَنْ نَاصِحٍ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَأَنْ يُؤَدِّبَ الرَّجُلُ وَلَدَهُ خَيْرٌ مِنْ أَنْ يَتَصَدَّقَ بِصَاعٍ
 هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ.
 وَنَاصِحُ بْنُ الْعَلَاءِ الْكُوفِيُّ لَيْسَ عِنْدَ أَهْلِ الْحَدِيثِ بِالْقَوِيِّ، وَلَا يُعْرَفُ هَذَا الْحَدِيثُ إِلَّا مِنْ هَذَا الْوَجْهِ.
وَنَاصِحٌ شَيْخٌ آخَرُ بَصْرِيٌّ، يَرْوِي عَنْ عَمَّارِ بْنِ أَبِي عَمَّارٍ وَغَيْرِهِ، وَهُوَ أَثْبَتُ مِنْ هَذَا Bizga Qutayba hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Yahyo ibn Ya’lo hadis aytib berdi». U Nosihdan, u Simakdan:
Jobir ibn Samuradan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining bolasiga odob bermog‘i, bir so’ sadaqa qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar».
Bu g‘arib hadisdir.
Nosih ibn Alo Kufiy, ahli hadis nazdida quvvatli emas. Bu hadis faqat mana shu sanad bilan bilinadi.
Nosih boshqa shayx bo‘lib, u basralikdir. U  Ammor ibn Abu Ammor va boshqalardan rivoyat qiladi. Nosih ibn Alo Kufiy basrolik Nosihdan sobitroqdir. (“Oltin silsila” kitobidan Sunan Termiziy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar