Saharlikdan g‘ashlik

Assalomu alaykum! Menda bir holat bo‘ldi. 21-may kunida saharlikning oxirgi vaqti mendagi taqvim bo‘yicha 3:23 da edi. Ammo uxlap qoldim. Bir qultum suv ichib og‘iz yopganda qilinadigan duoni o‘qishni boshlashim bilan azon chaqirildi, bu 3:23 ga to‘g‘ri keldi. Duoni o‘qib bo‘lganimda 3:24 edi. 3:24 da boshqa bir masjiddan azon chaqirildi. Islom.uz saytida shu kuni tong vaqti 3:25 deb ko‘rsatilgan edi. Meni qalbimga g‘ashlik solayatgan narsa yana bir kun qazo ro‘zasini tutib berish emas. Olloh taolo yaxshilikni iroda qilgan bandasiga ibodatni oson qilishi va uni dinda faqih qilib qo‘yishiga ko‘ra ehtiyotsizligim tufayli bir oy tutgan, chiqib ketishini xohlamaganim. Ramazon oyidagi ro‘zam noqis bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazosini tutib bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 144 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar