Harom ishni qilganda Alloh deyish

Assalomu alaykum! Kechagi juma namozi maruzasida kufr mavzusi bo‘ldi. Bunda aytilgan bir gap meni ich etimni emirmoqda. Ya’ni "kimki biron xarom ishni(narsani) xaromligin bilib turib Bismillax deb qiladigon bo‘lsa masalan aroq ichayotib bismillaxni aytsa kufr keltirgan bo‘ladi va dindan chiqadi deb aytdila imon domlamiz (agar noto‘g‘ri eshitgan bo‘lsam uzr). Men avvallari Xbetga kirib sport o‘yinlariga pul tikardim xaromligini bilardim faqat bu yo‘ldan chiqishga qiynalar edim. Allohga shukr u ishni tark etdim. Savolim o‘sha Xbetga kirib bul tikyatganimda xaromligini bilib turib bismillax deb aytgan bo‘lsam dindan chiqqan bo‘lamanmi? Va bu xolatdi endi qanday yo‘l tutaman. (Allohga shukr 5 vaqt namoz o‘qiman o‘sha paytlarda xam o‘qir edim, imkon qadar xayr exson qilaman. Qo‘rqqanim shu amallarim xabata bo‘ldimikin bekor ketdimikin deb ich etimni eyapman). 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domla to‘g‘ri aytgan. Alloh harom qilgan narsani Allohning nomi bilan deb boshlash bu Allohni o‘ta darajada tahqirlash hisoblanadi. Shuning uchun ham kufr deyilgan. Ammo kufrga chiqarishda ulamolarimiz ehtiyot bo‘lganlar va “Bir odamning og‘zidan kufr so‘z chiqsa unga buni hukmini tushuntiriladi. Agar qaytsa kufrga hukm qilinmaydi. Agar davom etib o‘sha so‘zni aytaversa kofir bo‘ladi” deb hukm qilganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar